Jahon iqtisodiy forumi (WEF) ekspertlari The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 turistik raqobatbardoshlik xalqaro reytingi doirasida turistlar uchun eng xavfsiz mamlakatlar nomini ma’lum qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Finlyandiya egalladi, undan keyingi o‘rinlarda Islandiya va Ummon joylashdi.
Shuningdek, dastlabki o‘ntalikdan Shveysariya, Hongkong, BAA, Lyuksemburg, Portugaliya va Yangi Zelandiya o‘rin oldi. Keyingi o‘ntalikda Qatar, Estoniya, Yaponiya, Avstriya, Sloveniya, Ispaniya, Norvegiya, Chexiya, Avstraliya va Bruney joylashgan.
Yon qo‘shnilarimiz Tojikiston 60-, Qozog‘iston 63- va Qirg‘iziston 96-o‘rinda qayd etildi.
Salvador, Nigeriya, Yaman, Venesuela va Honduras eng xavfli davlatlar deb topildi.
Dunyoning 140 mamlakati o‘rin olgan reytingga O‘zbekiston va Turkmaniston kiritilmagan.
The Travel and Tourism Competitiveness Report 2019 reytingi Jahon iqtisodiy forumi va Yevrosiyo raqobatbardoshlik instituti hamda Strategy Partners konsalting kompaniyeyasi hamkorligida tuzilgan. Turistik raqobatbardoshlik reytingi 2007 yildan buyon ikki yilda bir marta e’lon qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?