14:44 / 06.09.2019
3 507

Ukraina prezidenti Zelenskiyni Qrimga taklif qilishdi

Ukraina prezidenti Zelenskiyni Qrimga taklif qilishdi
Qrim rahbari Sergey Aksyonov Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Qrimga kelishni va yarimorol aholisi fikriga quloq tutishni maslahat berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha ukrain siyosatchilari yarimorol Rossiya tarkibiga kirganini tan olishlari kerak va bu hamisha shunday bo‘lib qoladi.

“Ular buni qanchalik tezroq anglab yetsalar, Ukraina va bizga ham shunchalik yaxshiroq bo‘ladi. Zelenskiy haqida to‘xtaladigan bo‘lsak... ularning Yaltada kvartiralari bor, marhamat, keling. Bu yerda nimalar ro‘y berayotganini ko‘ring. Odamlarga savol berib, so‘rab ko‘ring – ular Ukrainaga qaytishni xohlashadimi”, - deya Qrim rahbari so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

Shuningdek, u aholi fikrini tinglab, kerakli xulosani chiqarish kerakligini qo‘shimcha qilgan.

Qrim Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng 2014 yil mart oyida o‘tkazilgan referendum yakunlariga ko‘ra Rossiya tarkibiga kiritildi. Referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% Sevastopol aholisi ovoz berdi.

Moskva yarimorol aholisi demokratik yo‘l, xalqaro huquq va BMT Nizomiga muvofiq qaror qabul qilganini bir necha bor ta’kidladi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi uzul-kesil hal qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidenti Zelenskiyni Qrimga taklif qilishdi