13:43 / 07.09.2019
3 977

Avstriyadagi futbol stadioni maydoniga daraxtlar ekildi (foto)

Avstriyadagi futbol stadioni maydoniga daraxtlar ekildi (foto)
Shveysariyalik san’atkor Klaus Littmann Avstriyaning Klagenfurt-am-Vyorterze shahridagi «Vyorterze» stadioni maydoniga yuzlab daraxtlarni ekdi.

«Tabiatning cheksiz jozibasi – o‘rmonlar uchun» deb nomlangan badiiy loyiha iqlim o‘zgarishi muammolari va o‘rmonlarning yo‘qolib borayotganiga e’tiborni jalb etishni maqsad qilgan, deb yozadi Artnews.

San’atning jonli asarini yaratish uchun 22 kun vaqt sarflandi. 300ga yaqin daraxtlarning qandag‘och, tog‘terak, zarang, eman kabi turlari Italiya, Germaniya va Belgiyadan olib kelindi.

Loyihaning asosiy g‘oyasi – agar o‘rmonlarning yo‘qolib ketishi oldi olinmasa, kelajakda daraxtlarni xuddi sport musobaqalari kabi faqat stadionlarda tomosha qilish mumkin bo‘lishiga e’tibor qaratishdir.

1982 yili xuddi shunday loyihani nemis san’atkori Yozef Boys amalga oshirishni va Yevropa bo‘ylab 7000ta eman ekishni taklif qilgan edi. Littmann esa uning shogirdi hisoblanadi.

Muvaqqat o‘rmonni 23 oktyabrgacha tomosha qilish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyadagi futbol stadioni maydoniga daraxtlar ekildi (foto)