20:30 / 07.09.2019
2 718

Toliblar Afgʻoniston sharqida olti nafar jurnalistni oʻgʻirlab ketishdi

Toliblar Afgʻoniston sharqida olti nafar jurnalistni oʻgʻirlab ketishdi
Foto: AFP
Afgʻonistonning Paktika va Paktiya viloyatlarini bogʻlovchi avtotrassada olti nafar jurnalist “Tolibon” aʼzolari tomonidan oʻgʻirlab ketildi. Bu haqda Subhe Kabul nashri xabar berdi.

Paktiya viloyati politsiyasi matbuot kotibi Shoh Muhammad Arianning bildirishicha, jurnalistlarni Paktiya viloyati Zurmat uyezdi hududida oʻgʻirlab ketishgan.
Maʼlumotlarga koʻra, jurnalistlar ushbu viloyatda ikki kunlik seminar oʻtkazishni rejalashtirgan boʻlgan.

Toliblar hozircha bu xabarga izoh bermadi. Avvalroq jangarilar agarda ularga qarshi targʻibot toʻxtatilmasa, OAV vakillari taʼqib qilinishi haqida ogohlantirishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar Afgʻoniston sharqida olti nafar jurnalistni oʻgʻirlab ketishdi