Foto: «RIA Novosti»
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu o‘tkaziladigan parlament saylovlarida o‘zining «Likud» partiyasi g‘olib chiqadigan bo‘lsa, Iordaniya tepaligi (Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘i) hamda O‘lik dengizning shimoliy qismini anneksiya qilishga (bosib olishga) va’da berdi. Bu haqda «RBK»ga tayanib, «Daryo» xabar qildi.
«Navbatdagi hukumat Isroil suverenitetini Iordaniya vodiysiga qadar kengaytirishi mumkin… Bu demokratiya. Men aniq mandatsiz hech nima qilmayman», — deydi bosh vazir.
Netanyaxuning aytishicha, Iudeya va Samariya G‘azo sektoriga «aylanib ketmasligi uchun» u Isroilning aniq bir chegarasini belgilab olish niyatida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Isroil xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi. «‘Olti kunlik urush’da bunday imkoniyatimiz yo‘q edi va yana 50 yil bo‘lmasligi mumkin», — deydi bosh vazir.
Bloomberg Netanyaxuning ushbu bayonotini 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan saylovchilarni qo‘llab-quvvatlashga bog‘lamoqda. AQSh administratsiyasi esa sentyabr oyining ikkinchi yarmida Yaqin Sharqni tinchlik yo‘lida barqarorlashtirish bo‘yicha o‘z rejasini taqdim etish niyatida.
Isroil tarixida birinchi bor muddatidan oldingi saylovlar 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Saylovlar aprel oyida o‘tkazilgan ovoz berish jarayonlarida Netanyaxu hukumatni shakllantira olmaganidan so‘ng belgilangan edi.
1967 yilda bo‘lib o‘tgan «Olti kunlik urush»dan keyin Isroil Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ini o‘z nazorati ostiga olgan va u yerda o‘z aholisi uchun boshpana qura boshlagan. Yevropa Ittifoqi ushbu hududlarni, shuningdek, Golan tepaliklarini Isroil tomonidan bosib olingan hudud deb hisoblaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?