07:04 / 12.09.2019
3 831

Iordaniya qiroli Londonga millionlab dollarlar bilan qochib ketgan Dubay amirining xotiniga ish berdi

Iordaniya qiroli Londonga millionlab dollarlar bilan qochib ketgan Dubay amirining xotiniga ish berdi
Foto: Emirates Woman
BAAdan qochib ketgan Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumning rafiqasi voqeasida tub burilish yuz berdi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Malika Hayya bint al-Husayn o‘zi bilan 20 million dollar olib, ikki bolasi bilan turmush o‘rtog‘idan qochib ketgan edi. Malika Londondagi Kensington saroyi yaqinidagi dang‘illama uyga joylashgan va ajrashish uchun ariza bergan. Bu haqda iyun oyi oxirida ma’lum bo‘lgan.

Bolalarga vasiylik huquqini olish maqsadida malika London Oliy sudiga murojaat qilgan. U qizini majburiy nikohdan himoya qilishni so‘ragan va maxsus himoya orderini olishga uringan. Uning turmush o‘rtog‘i esa bolalarini Dubayga qaytarishni talab qilgan, ammo so‘nggi yangiliklarga qaraganda bunday bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, bu ishga malikaning akasi bo‘lmish Iordaniya qiroli Abdulla ibn Husayn aralashgan. U singlisi va uning bolalalarini majburiy qaytarishdan qutqargan va uni Iordaniyaning Londondagi elchixonasiga rahbari o‘rinbosari etib tayinlagan.

Endi malika va uning bolalari diplomatik daxlsizlik huquqiga ega va Britaniya rasmiylari ularni BAA va shayx Muhammadga topshira olmaydi.

Biroq, xabarda aytilishicha, malika Hayyaning lavozimga tayinlanishi Britaniya hukumati tomonidan tasdiqlanishi kerak. Ular diplomatni qabul qilishi ham, rad etishi ham mumkin.

Ma’lumot uchun, 45 yoshli malika Hayya Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktumga 2004 yilda turmushga chiqqan edi. U shayxning oltinchi va kenja rafiqasi. Amirning barcha xotinlaridan 23 nafar farzandi bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iordaniya qiroli Londonga millionlab dollarlar bilan qochib ketgan Dubay amirining xotiniga ish berdi