07:46 / 12.09.2019
5 485

Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, ammo yakunda mulzam bo‘lib qolishdi (foto)

Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, ammo yakunda mulzam bo‘lib qolishdi (foto)
Foto: «Twitter»
Turkiyaning «Bursaspor» va «Fenerbaxche» futbol klublari xayriya o‘yinidan olingan videolavha internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng muhokama mavzusiga aylandi.
Hammani darg‘azab qilgan holat kutilmaganda bir yuz-u sakson darajaga o‘zgarib ketdi.

Videorolikda ko‘rinishidan 10 yoshlar atrofidagi bola tribunada o‘tirganicha bamaylixotir tamaki tutatib o‘tiribdi. Xuddi katta odam deysiz. Aynan shu holat odamlarning jahlini chiqardi: Kimning bolasi? Ota-onasining ko‘zi qayoqda?..
«Tarbiyasiz bola»ning shaxsini tezda aniqlay olishdi. Bilishdi-yu tillarini tishlab qolishdi. «Bolakay» — 36 yoshda ekan! Futbolga ham o‘g‘li bilan kelgan.

Foto © Twitter/objektifdegilim
Albatta, bu bilan u javobgarlikdan qochib qutula olmaydi, chunki Turkiyada jamoat joylarida, jumladan, stadionlarda ham tamaki chekish taqiqlangan.
Vaziyatni bilib, xotirjam tortgan internet foydalanuvchilari sirli bolaga Benjamin Batton* deb nom qo‘yib olishdi.

* Benjamin Batton — shu nomli asarning g‘ayritabiiy ravishda keksa bo‘lib tug‘ilib, yillar o‘tgani sayin yosharib boruvchi qahramoni.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolaning tamaki chekishi hammaning g‘azabini keltirdi, ammo yakunda mulzam bo‘lib qolishdi (foto)