16:48 / 12.09.2019
4 349

Turkmanistonda taqchillik sabab tovuq tuxumining narxi ko‘tarilib ketdi

Turkmanistonda taqchillik sabab tovuq tuxumining narxi ko‘tarilib ketdi
Foto: «Xroniki Turkmenistana»
So‘nggi bir necha haftadan buyon Ashxoboddagi bozorlar va davlat do‘konlarida tovuq tuxumini topishning imkoni bo‘lmay qoldi, deb xabar beradi «Daryo» nashri.

9 sentyabr kuni tuxum ayrim davlat do‘konlarida paydo bo‘lgan, biroq cheklangan miqdorda va faqatgina yoshi kattalarga sotilmoqda. Ba’zi ayollar o‘smir farzandlarini ham tuxum sotib olishga olib kelmoqda, biroq ularga rad javobi berilgach, sotuvchilar bilan janjallar yuzaga kelyapti.

11 ta tuxum solingan paketning narxi 5 manat, ya’ni har biri 45 tengedan. Taqchillikdan avval tuxum 40 foizga, ya’ni 33 tengedan 45 tengega qimmatlashgan. Shuningdek, tovuq oyoqlarining narxi ham ko‘tarilib, bir kilogrammi uchun 8 manatdan 10 manatga oshgan.

Davlat do‘konlarida tuxum yetishmovchiligi xususiy do‘konlarda ham narxning oshishiga olib kelgan. Biroq ularda ham tuxumni doim topishning iloji yo‘q va ularning donasi 1 manatdan sotilmoqda. Taqchillikka qadar xususiy do‘konlarda tuxumning donasini 60 tengega xarid qilish mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, Ashxoboddagi davlat do‘konlarida tuxum yetishmovchiligi yozning o‘rtasida boshlangan edi. Avgust oyi o‘rtalarida donasi 33 tengedan sotilgan bo‘lsa, keyinroq narx 50 tengega qadar ko‘tarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda taqchillik sabab tovuq tuxumining narxi ko‘tarilib ketdi