10:49 / 13.09.2019
3 083

O‘zini suratga olgan ishchini kaltaklatgan saudiyalik malika 10 oylik shartli qamoq jazosi olgan

O‘zini suratga olgan ishchini kaltaklatgan saudiyalik malika 10 oylik shartli qamoq jazosi olgan
Foto: Reuters
Parij sudi Saudiya Arabistoni podshohi Salmonning qizi va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al-Saudning singlisi Hassa bint Salmonni 10 oylik shartli qamoq jazosi va 10 ming yevro jarimaga tortdi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Malika Fransiya fuqarosini zo‘ravonlik bilan vaqtinchalik ozodlikdan mahrum qilishda sherik deb tan olingan.
Bundan tashqari, malikaning tansoqchisi ham 8 oylik shartli qamoq jazosi va 5 ming yevro jarimaga tortilgan. Malikaning o‘zi hukm chiqarilishida ishtirok etmagan.

Voqea 2016 yilda malikaning uyiga xizmat ko‘rsatuvchi texnik uyning yuqori qavatlaridan birida eshikni bo‘yayotganda yuz bergan. Ishchi u yerga malikaning xonasidagi rakovina sinib qolgani sababli chaqirtirilgan. U ta’mirlash ishlariga kirishish oldidan vannaxonada o‘z telefoniga bir nechta suratlar olgan. Ta’kidlanishicha, Fransiyada bu odatiy jarayon hisoblanadi.

Biroq suratlari matbuotda e’lon qilinmasligi bilan tanilgan malika ishchini aynan uni suratga olmoqchi bo‘lganlikda ayblagan. Shundan keyin u o‘zining tansoqchisi Rani Saidiyni ishchi bilan gaplashib qo‘yish uchun chaqirtirgan. Tansoqchi ishchini qo‘rqitib, uni do‘pposlashga tushgan. Ishchi 15 daqiqacha shunday qiynalgach, tiz cho‘kib, malikaning tuflisini o‘pishga majbur qilingan.

Tergovning aniqlashicha, bularning barchasi malikaning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan. Unga nisbatan 2017 yil dekabrda hibsga olish orderi berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zini suratga olgan ishchini kaltaklatgan saudiyalik malika 10 oylik shartli qamoq jazosi olgan