11:13 / 13.09.2019
2 457

Istanbuldagi restoranlardan birida robot-ofitsiantlar xizmat ko‘rsatmoqda

Istanbuldagi restoranlardan birida robot-ofitsiantlar xizmat ko‘rsatmoqda
Foto: RIA Novosti / Myudjaxit Kushman
Istanbulning Atakyoy tumanidagi restoranlardan birida endilikda mijozlarga ofitsiantlar o‘rniga robotlar xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda restoran direktori Mujohid Kushman ma’lum qilgan.

“Robotlarni mijozlarga xizmat ko‘rsatishga tatbiq qilish g‘oyasini bizga mijozlarimizdan biri bo‘lgan professsor taklif qilgandi. Biz bu g‘oyani hayotga tatbiq qildik. Shuningdek, o‘z robotlarimizni brendimizga aylantirdik va unga mualliflik huquqlarini rasmiylashtirdik. Hozir bizda 3 ta robot bor, ularni xorijda buyurtirganmiz, turk muhandislari esa ularni dasturlashtirgan”, deb aytgan restoran direktori.

Kushmanning ta’kidlashicha, robotlar restoranga ko‘plab mijozlarni jalb qilmoqda. “Ko‘pchilik bu qanday yuz berishini ko‘rish uchungina kelmoqda. Robotlar qaysi stol yoniga borishni va gapirishni biladi. Kelgusida ular ofitsiantlar o‘rnini egallashiga ishonchim komil. Texnologiyalar rivojlangani sari bu kasbga talab tobora kamayib boradi”, deb ta’kidlab o‘tgan restoran rahbari.

Uning aytishicha, “o‘zboshimchalik qilmaydigan, faqat buyurilganini bajaradigan robotlar hammaga yoqmoqda”.

Avgustda Istanbul aeroportida sinov rejimida robot-konsultantlar ishlay boshlagan. Ular insonga o‘xshash ko‘rinishda bo‘lib, yo‘lovchilarga aeroport hududida harakatlanishda yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Ular, shuningdek, chiptadagi matnni o‘qish, parvozlar haqidagi ma’lumotlarni displeyga chiqarish, turk va ingliz tillarida parvozlar jadvali bo‘yicha savollarga javob berish kabilarni bajara oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbuldagi restoranlardan birida robot-ofitsiantlar xizmat ko‘rsatmoqda