12:33 / 13.09.2019
5 265

Belarusda 2 yoshli qiz tasodifan onasini oʻldirib qoʻydi

Belarusda 2 yoshli qiz tasodifan onasini oʻldirib qoʻydi
Belarusda ikki yoshli qiz uni avtomobil salonidan oyna orqali olmoqchi boʻlgan onasini boʻgʻib oʻldirib qoʻydi, deb xabar beradi “Daryo”.

Yosh oila 31-avgust kuni farzandi bilan qishloqqa mehmonga kelgan. 21 yoshli marhuma ayolning oʻsha kuni tugʻilgan kuni nishonlangan. U avtomobil oynasi orqali salondan qizini olmoqchi boʻlgan. Shunda qizcha oynani koʻtaruvchi tugmani bosib yuborgan. Oyna koʻtarilib ayolni boʻgʻib qoʻygan.

Oradan biroz vaqt oʻtgach, ayolning eri uni hushsiz holda topgan. Erkak avtomobil oynasini sindirib, tez yordam chaqirgan. Ayol ogʻir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va asfiksiya tashxisi qoʻyilgan. Bir haftadan soʻng u vafot etgan.

Politsiya hodisa tafsilotlarini oʻrganmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarusda 2 yoshli qiz tasodifan onasini oʻldirib qoʻydi