Boateng bir kunda 3 ta mashina sotib olganini eshitganmisiz?

  • 13 sentyabr 2019, 21:00
  • 987
  • Dunyo
  • Boateng bir kunda 3 ta mashina sotib olganini eshitganmisiz?
    2019 yilning yozida Kevin-Prins Boateng "Fiorentina"ga o‘tdi va Florensiya jamoasi uning faoliyatidagi 11-klubga aylandi.
    32 yoshli ganalik faoliyatini "Gerta"da boshlagan va 2007 yilda 5,4 mln. funt evaziga "Tottenxem"ga o‘tgan edi.

    Angliyada Boatengning omadi chopmadi - 2009 yilning yanvaridayoq Dortmundning "Borussiya" klubi bilan shartnoma tuzdi. Yarim himoyachi bir necha kun oldin Italiyaning La Repubblica nashriga intervyu berib, faoliyatidagi omadsizliklarga o‘zi aybdor ekanini aytdi.

    "Ortga nazar tashlab, o‘ylanib qolaman: Futbolga kasb sifatida qaramadim. Ahmoqlik qildim. Iqtidorim bor edi, ammo maydonda juda kam shug‘ullandim. Oxirgi bo‘lib kelib, birinchi ketardim. Do‘stlarim bilan kayfu-safo qilishni yoqtirganman.

    Pulim ko‘p edi, qirollardek yashardim. Hech qachon sportzalga bormaganman. Bu kelajakdagi faoliyatingga ta’sir ko‘rsatadi.
    "Tottenxem"da o‘ynab yurgan paytimda bir kunda 3ta mashina sotib olganman: Lamborghini, Hummer va Cadillac. Hozir esa yoshlarga shunday deyman: "Siz baxtni pulga sotib ololmaysiz".

    "Oilaviy muammolari tufayli futbol o‘ynamadim. Men baxtni mashina yoki puldan izladim. Bu narsalar sizni faqat bir haftaga baxtli qilishi mumkin. Uch hafta baxtli yashash uchun uchta mashina xarid qildim".

    Boateng Shakil O'Nildan ilhom olgan bo‘lsa kerak. Afsonaviy basketbolchi avtobiografiyasida yozishicha, u faoliyatining boshida birdaniga 3ta "Bentli" sotib olgan ekan:

    "O‘zimning birinchi "Bentli" mashinamni tasodifan xarid qilganman. Bir kuni mashg‘ulotdan so‘ng shippak va terga botgan futbolkada avtosalon yonidan o‘tib qoldim va mashinalarni ko‘rishga qaror qildim.

    "Temir tulporlar"ni tomosha qildim, chiroyli "Bentli" tanladim va so‘radim: "U qancha turadi?" Kinolardagi kabi ko‘rinishga ega oq tanli keksa sotuvchi menga qarab, shunday dedi: "Yigitcha, bu mashinani sotib olishga ko‘zing yetadimi?" Bundan qattiq jahlim chiqdi.

    O‘sha yerda tanish ovozni eshitdim: Orqaga qarasam, Mayk Tayson turgan ekan. U ham "Bentli" xarid qilayotgan edi. Tayson birdaniga 2ta mashina sotib oldi. U 2ta "tulpor"ga pul to‘ladi, meni nima qilganimni bilasizmi? 3ta "Bentli" bilan uyga qaytdim.

    Hozir ularning narxini aniq aytib bera olmayman, ammo o‘ylashimcha, har biri uchun 200 ming dollardan to‘lagan bo‘lsam kerak. Umuman olganda o‘zim sig‘magan mashinalar uchun 600 ming dollar sarfladim. Keyin o‘rindiqni surib berishlari uchun yana xarajat qildim. Bir yildan so‘ng ularni sotib yubordim" - deb yozgandi Shakil O'Nil o‘z avtobiografiyasida.

    O‘sha paytda "Tottenxem"ni boshqargan Martin Yol ganalikdan xafsalasi pir bo‘ldi va unga umuman qiziqmayotganini aytdi. Shundan so‘ng Boateng pul sarflashni boshladi. "Xuddi butun dunyoga qarshi kurashayotgandek edim. Demak, meni zaxirada ham ko‘rmoqchi emassiz, shundaymi? Mayli, unda hayotdan bahra olaman" - degandi Boateng hissiyotlarga berilib.

    Kevin-Prins tungi klublarda tong ottirardi. U haftada olti kun u yerga borib, turli alkogol ichimliklaridan simirib, sifatsiz mahsulotlarni tanovul qilardi. "Bunday vaziyatlarda odamlar baxtni sotib olishga urinadi" - deya tushuntirdi Boateng. "Men klub, kiyim va mashinalar uchun xarajat qilardim. Futbol o‘ynay olmadim, biroq Lamborghini sotib oldim. Vau, endi bir hafta baxtlisan! Keyin esa bu mashinaga tegmay qo‘yasan".

    Bir yil o‘tib nosog‘lom hayot tarzi tufayli Boatengning vazni 95 kg.ga yetdi. Bir kuni u oyna oldida uyg‘onib, qo‘rqib ketdi: "20 yosh bo‘lsamda, ko‘rinishim keksa insonlarnikidek edi. Bu kungacha nimdir noto‘g‘ri ekanligini tushunmayotgandim. Puling ko‘p, faqat rohat olishni istaysan... Qizlar, tungi klublar, do‘stlar. Aniqrog‘i soxta do‘stlar. Ba’zida yoningda turib, quyidagi gapni aytadigan odamlar kerak bo‘ladi: "Nimalar qilyapsan? Bor shug‘ullan". Meni esa "Yur, dam olib kelamiz" deyishdan charchamaydiganlar o‘rab olgandi.

    Kevin-Prins qo‘rqib ketdi va boshqa bunday yashamaslikka qaror qildi. U ikki haqiqiy do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, ular bilan uyni tozaladi. Qimmatbaho buyumlar axlatga uchdi, muzlatgich va bardan alkogol zaxirasi yo‘qoldi. "Ichishni, tungi klublarga borishni tashladim. Taom tayyorlashni o‘rgandim, chunki odamlardek ovqatlanishni istardim. Agar o‘sha keskin o‘zgarish bo‘lmaganida, bilmadim hozir qayerda bo‘lardim".

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boateng bir kunda 3 ta mashina sotib olganini eshitganmisiz?