10:54 / 14.09.2019
3 141

Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi

Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi
Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 11 sentyabr, chorshanba kuni Ko‘lob shahriga safarida Tojikiston aloqa xizmati rahbari va o‘zining qudasi bo‘lgan Beg Sabur kompaniyasini tanqid qildi. Bu haqda Fergana News xabar berdi.

Tashrif davomida prezident 16 ta ob’ektni ochgan va qurilish ishlari sifatsizligidan norozi bo‘lgan. U, ayniqsa rasman Beg Saburning o‘g‘liga tegishli bo‘lgan «Komil—2010» kompaniyasi tomonidan qurilgan 13 qavatli uyni keskin tanqid qilgan.

Foto: «Axbor»

«Bu yerda nima qurdinglar? Nimaga qurilish sifatiga hech qanday ahamiyat bermayapsiz? Axir birinchi yomg‘ir yoki shamol bo‘lishi bilan bino buzilishi mumkin!» — degan prezident.

Foto: «Axbor»

Xabarda aytilishicha, Tojikiston aloqa xizmati rahbarining oilaviy kompaniyasi tomonidan qurilgan uy hech qanday talablarga javob bermaydi. Prezident kelishiga bino devorlari suvalmasdan, g‘isht ustidan shoshilinch bo‘yalgan. Ayrim joylarda esa devorlar opalubkaning ustidan bo‘yab yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Emomali Rahmon sifatsiz qurilgan uylar uchun qudasining kompaniyasini keskin tanqid qildi