13:45 / 15.09.2019
6 033

Oktyabrda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda (foto, video)

Oktyabrda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda (foto, video)
Foto: ASIA-Plus
2019 yil oktyabrda Tojikiston poytaxtida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Avesta.tj nashri xabar berdi.
Dushanbeda qad ko‘tarayotgan ushbu masjidda bir vaqtda 120 mingga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin.

Masjid qurilishi 2009 yil oktyabrida boshlangan. Uning loyihasi tojikistonlik va qatarlik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan.

Foto: Anadolu Agency
Masjid har biri 75 metr balandlikka ega 4 ta minoraga ega. Shuningdek, unda 47 metrlik bosh gumbazdan tashqari, yana 20 ta kichikroq gumbaz bor.

Foto: Anadolu Agency
Jome’ masjidi Dushanbening shimolidagi 12 gektar maydonda joylashadi. Masjid bilan birgalikda bu yerda kutubxona, muzey va anjumanlar zali qurilmoqda.

Foto: Anadolu Agency
Masjid loyihasi 100 mln dollarga baholangan. Ta’kidlanishicha, uning qurilishi Qatar hukumati tomonidan moliyalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oktyabrda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochilishi kutilmoqda (foto, video)