17:27 / 15.09.2019
3 330

Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi (foto)

Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi (foto)
Bugun, Turkiyaning Antaliya shahrida hamyurtimiz, ajoyib bokschimiz Shahram G‘iyosov ishtirokida o‘ziga xos shou bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mahorat darslari, musiqiy chiqishlar o‘rin oldi. Quvonarlisi, turk zaminida bokschimizni juda iliq qarshi olishdi. Qolaversa, yon qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qozog‘istondan ham muxlislar tashrif buyurganligini ko‘rish mumkin edi.

Ayniqsa, Qirg‘izistonlik san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan barchani xursand qildi. Ular Shahramning haqiqiy ixlosmandi ekanligini bildirishib, yurtdoshimizning keyingi faoliyatiga omadlar tilashdi. O‘zbekcha ashulalar ijro etishlari esa yanada tadbirga fayz berdi.

Bir so‘z bilan aytganda, barchasi ideal ko‘rinish olgan, tashkilotchilik yuqori saviyada yo‘lga qo‘yilibdi. Mana, bokschilarimizga bo‘lgan ishonch, ushbu taklif o‘zbek boks maktabini xorijda ham tan olishlariga yaqqol misol bo‘la oladi. O‘ylaymizki, bu xorij mamlakatlarining sportchilarimizga bo‘lgan qiziqishining boshlanishidir. Umid qilamizki, yaqin yillar mobaynida yurtimizda butunjahon sport olami namoyandalari yetishib chiqadi.


Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada Shahram G‘iyosov ishtirokida shou bo‘lib o‘tdi (foto)