10:34 / 16.09.2019
3 641

SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi

SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi hayvonlarni, shu jumladan, delfinlar, qushlar va hatto mushuklardan "sovuq urush" yillarida josuslik maqsadida foydalanganlik to‘g‘risidagi qator hujjatlarni maxfiylik darajasidan chiqardi.

AQSh Sovet Ittifoqida jonivorlardan razvedka faoliyatida foydalanish uchun tadqiqotlar o‘tkazgani avvaldan ma’lum edi. SRU (MRB) saytida e’lon qilingan faktlar esa ilgari oshkor qilinmagan noma’lum detallarga oydinlik kiritadi. Xususan, omma uchun yopiq bo‘lgan SRU muzeyida turgan bo‘ynida ko‘chma fotoapparat bo‘lgan kabutar surati ommaga e’lon qilingan. Fotokamera 35 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan, fotoapparat qush tanasiga mahkamlangan tasma og‘irligi 5 grammcha kelgan.

SRUda jonivorlardan foydalanish dastur ustida 1960 yillarda ishlar olib borilgan. Bu yerda gap kabutarlardan tashqari, mushuk, it, qush va delfinlardan foydalanish haqida ham borgan.

Qushlar, shu jumladan, kabutarlar va qarg‘alardan juda kichik bo‘lgan yuklarni, xususan eshitish qurilmalarini yetkazib berishda foydalanilgan. Shuningdek, SSSR territoriyasida razvedka olib borish yoki u hududga sensorli apparaturani yetkazib berish uchun migratsiya qilayotgan qushlardan foydalanish imkoniyati ham o‘rganilgan.

Yuklarni yuborish uchun delfinlardan ham foydalanila boshlangan. Floridadagi bazada ushbu jonivorlar shartli dushmanning kemalariga hujum qilish uchun foydalanishga harakat qilingan. Shuningdek, ularning ustiga qayd etuvchi apparatura ilingan va undan sovet suvosti kemalarini aniqlash yoki radiatsiya izlarini yo‘qotishda foydalanilgan.

Dastur ko‘plab muammolarga duch kelgan. Xususan, trenerlar bilan ishlagan delfinlar dala sharoitlarida SRU agentlari bergan komandalarni bajara olmagan.

SSSRda aniq manzillar o‘rtasida harakatlanishi kerak bo‘lgan kabutarlar Vashingtonda sinovdan o‘tkazilgan, biroq natijalar SRUni qoniqtirmagan. Bir gala qushlar qimmatbaho kameralar bilan yo‘qolib qolgan. Kabutarlardan bittasi qirg‘iy hujumidan so‘ng omon qolgan, biroq kamerani yo‘qotib qo‘ygan. Boshqa kabutarlar ancha yaxshi suratlarni tushirishgan. Rolikdagi 140 ta suratdan yarmi yaxshi bo‘lgan, ayrim suratlarda Vashingtondagi harbiy ob’ekt joylashgan ko‘chalardagi holatlar tasvirlangan bo‘lgan.

1976 yilgi hujjat esa SRU SSSR territoriyasida takroriy josuslik operatsiyasini o‘tkazish dasturini ishlab chiqqanligidan dalolat beradi. Qushni u tezda SSSR chegarasidagi bazaga uchib kela olishi uchun Leningraddagi kemasozlik verfi hududida qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, 1976 yilda o‘tkazilgan "dala sinovi" natijasida maqsadga muvofiq emas, deb topilgan. Bunday urinishlar keyin ham takrorlanganmi, yo‘qmi, bu noma’lum. Shunday bo‘lsa-da, Moskvadagi elchixonaga kabutarlarni yetkazib berish va ularni keyinchalik maxfiy tarzda qo‘yib yuborish rejalari o‘rganilgan. Misol uchun qushlarni avtomobillarning ostki qatlamidagi tuynuk orqali qo‘yib yuborish usullari ko‘rib chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » SRU shpionaj uchun tayyorlangan kabutar va mushuklar to‘g‘risidagi hujjatlarni oshkor qildi