09:16 / 16.09.2019
3 155

Qozog‘istonda qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi (foto)

Qozog‘istonda qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi (foto)
Foto: «Zakon.kz»
Qozog‘istonda ilk marta qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi, deb xabar bermoqda «Zakon.kz»ga tayanib "Xabar" nashri. Tashabbus Qarag‘anda viloyati Janaariq tumanining 90 yilligi hamda yozuvchi va shoir Saken Seyfullinning 125 yillik yubileyi tantanalari doirasida amalga oshirildi.

Foto: «Zakon.kz»
Mahalliy fermerlar o‘lkaning dong‘ini dunyoga taratishga bel bog‘lashdi. O‘ziga xos aksiyada qatnashish uchun tumanning 12 qishlog‘i va ikkita posyolkasidan 1000 nafar kishi keldi. Ular bir paytning o‘zida maxsus idish — kuvida 10 ming litr qimiz pishishdi.

Foto: «Zakon.kz»
Rekordni qayd etish uchun xalqaro ekspertlar yetib kelishdi.

Foto: «Zakon.kz»
«Rekordni qayd etish uchun atayin Kubadan keldim. Tayyorlanadigan ichimlikning miqdori, qatnashchilar va ular ishlatgan idishlarning sonini hisobga oldik. Juda ko‘p rekordlarni ko‘rganmiz, ammo bu — birinchisi. Yakuniy natijani bir oydan so‘ng o‘z saytimizda ma’lum qilamiz», — dedi Ginnessning rekordlar kitobi vakili Yudelkis Dias.

Foto: «Zakon.kz»
Janaariq tumani rahbariyatiga rekord o‘rnatilgani haqida sertifikat topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda qimiz tayyorlash bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi (foto)