23:09 / 15.09.2019
2 676

Shahram G‘iyosov Antaliyada ochiq mashg‘ulot o‘tkazib, shahar hokimi bilan uchrashdi

Shahram G‘iyosov Antaliyada ochiq mashg‘ulot o‘tkazib, shahar hokimi bilan uchrashdi
Rio olimpiadasi qahramonlaridan biri, boks bo‘yicha jahon chempioni Shahram G‘iyosov Antaliyada Buyukshehir hokimi Muhiddin Bo‘jek qabulida bo‘ldi. Uchrashuvda Shahram hokimni yoshlarning zararli illatlardan uzoq bo‘lishiga bag‘ishlangan boks bo‘yicha ochiq mashg‘ulotiga taklif qildi.

Muhiddin Bo‘jek uchrashuvdan mamnun ekanini bildirdi: «Muvaffaqiyatlaringiz bilan qutlayman va ularning davomli bo‘lishini tilayman. O‘zbekiston va Turkiya qardosh mamlakatlar, sizning g‘alabangiz bizniki hamdir», dedi shahar hokimi.

Shahram G‘iyosov Antaliyaga birinchi marta kelganini aytib, tadbir haqida atroflicha ma’lumot berdi. Bu ochiq mashg‘ulotni o‘zi uchun muhimligini ta’kidlagan bokschi, yoshlarni zararli illatlardan uzoqlashib, sportga targ‘ib qilish bo‘yicha bu kabi targ‘ibot tadbirlari dunyoning boshqa davlatlarida ham shou sifatida uyushtirilishini ma’lum qildi.

Shahram G‘iyosov yoshlarni narkotik va tamaki chekishdan uzoqlashish mavzusiga bag‘ishlangan ochiq mashg‘ulotini 14 sentyabr kuni Antaliya Konyaalti Achikxava teatrida o‘tkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shahram G‘iyosov Antaliyada ochiq mashg‘ulot o‘tkazib, shahar hokimi bilan uchrashdi