12:18 / 16.09.2019
9 650

Tan soqchi Maykl Jeksonning oʻlimi sirini fosh etdi

Tan soqchi Maykl Jeksonning oʻlimi sirini fosh etdi
Foto: “RAMBLER”
Maykl Jeksonning sobiq tan soqchisi Mett Fidds jurnalistlarga pop qiroli oʻlimi sababini maʼlum qildi. Hozirgi kunda jang sanʼati maktabi egasining soʻzlariga koʻra, 2005-yilgi sud pop-yulduzi salomatligini ado qilgan. Bu haqda “RAMBLER”ga tayanib “Xabar” nashri maʼlum qildi.

Fidds Jekson haqidagi yangi hujjatli film namoyishi boʻyicha intervyu berdi. Uning aytishicha, qoʻshiqchi pedofillikda ayblanganidan qattiq qaygʻurgan. Sud uni aybsiz deb eʼlon qilganiga qaramay, “jarohat yetkazib boʻlingandi”.

— Hukmdan soʻng Maykl Jeksonning avvalgi holatiga qaytolmasligi maʼlum boʻldi, — deydi Fidds.
U qoʻshiqchi oxirgi yillarda tirik murdani eslatgani, ovqatlanishga va uxlashga qiynalganini ham qoʻshib qoʻydi.

Fiddsning taʼkidlashicha, u Maykl Jekson haqida barini biladigan kimsalardan biri. Uning aytishicha, qoʻshiqchi taʼqib vasvasasidan qiynalgan va konsert berayotganida uni oʻldirib qoʻyishlaridan xavfsiragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tan soqchi Maykl Jeksonning oʻlimi sirini fosh etdi