22:12 / 16.09.2019
4 099

To‘polon qilmanglar, olabo‘jiga berib yuboraman!

To‘polon qilmanglar, olabo‘jiga berib yuboraman!
“Isroil bosh vaziri Rossiyaning kelajagi uchun asosiy xavf haqida gapirdi” degan sarlavhani o‘qidim-u, nima demoqchiligini tushundim. Nima ham derdi. Islomdan ehtiyot bo‘linglar debdi. Erondan ham ehtiyot bo‘linglar, ular gapga kirmaydigan quloqsizlar.

Isroil o‘zining dushmanlarini boshqalarga ham yomonotliq qilishga urinmoqda. Eng yomoni, ular buning uddasidan chiqmoqda. Ba’zi davlatlar ularning makr-u hiylasiga aldanib, Islomga qarshi kurashishni zimdan olib bormoqda.

Albatta, bunga o‘sha davlatlarning Islom haqida to‘liq tushunchaga ega emasligi yoki moliyaviy ko‘makka aldanishi sabab bo‘lmoqda. Qiziq holat, kimdir ularga ishonib dunyoni tanlaydi, kimdir Islomni deb oxiratini tanlaydi.

“Rossiyaning kelajagi uchun asosiy xavf radikal Islomdir“, – dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu “RBK”ga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya uchun eng katta xatar bu yadro quroliga ega bo‘lib, Yaqin Sharqni zabt etishga urinayotgan mamlakat – Erondan kirib kelishi mumkin bo‘lgan "radikal Islom" hisoblanadi.

“Oxir-oqibat, u o‘z mafkurasi va qurolini nafaqat Isroil va G‘arbga, balki Rossiyaga ham yo‘naltiradi”, – dedi Netanyahu Eronning “dunyoni boshqarishni istashi” va “umumiy madaniyatga qarshi”ligi haqida gapirarkan.

Lekin bosh vazir Falastinda amalga oshirayotgan qirg‘inbarot xunrezliklari haqida bir og‘iz ham gapirmabdi. Butun dunyo jim turgandan keyin u ham bilganini qiladi-da.
Ikrom ULUG‘BOYeV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘polon qilmanglar, olabo‘jiga berib yuboraman!