22:37 / 16.09.2019
3 259

Adebayor nasroniylikdan nega voz kechdi?

Adebayor nasroniylikdan nega voz kechdi?
Dunyoning mashhur futbolchilaridan bo‘lgan Emmanuel Adebayor nasroniylikdan voz kechib, Islomni qabul qilishining sabablarini quyidagicha ifodalaydi:

- Nasroniylikda 3 iloh e’tiqodi bor. Islomda esa bir ilohga e’tiqod qilinadi. Uzoq vaqtdan beri Iso alayhissalomning iloh ekanligi borasidagi fikrga qo‘shilmasdim. Borliqning yaratuvchisi yagona bo‘lishi kerak emasmi?!
- O‘qiganlarimga ko‘ra, Iso alayhissalom cho‘chqa go‘shti yemaganlar. Musulmonlar ham shunday.
- Iso alayhissalom insonlarga Allohning ismi bilan salom berganlar. Musulmonlar ham shunday qilishadi.
- Iso alayhissalom bir ishni qilmasdan oldin «Alloh izn bersa», derdilar. Musulmonlar ham «inshaalloh» deyishadi.
- Iso alayhissalom ibodat qilganlarida badanlarining ma’lum joylarini yuvganlar. Musulmon esa tahorat qilishadi.
- Iso alayhissalom soqollarini tartibli qo‘yardilar. Musulmonlar buni «sunnat» deb atashadi.

Nasroniy diniga e’tiqod qilgan davrimda bular borasida ko‘p o‘yladim. Iso alayhissalom xuddi musulmondek yashaganlar. Nasroniylarning hayot tarzlari na Iso alayhissalomnikiga o‘xshaydi, na Alloh taoloning amrlariga muvofiq.

Abdulloh Rahimboyev tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Adebayor nasroniylikdan nega voz kechdi?