Anqarada Putin, Erdo‘g‘an va Ruhoniyning Suriya bo‘yicha muzokaralari boshlandi

  • 17 sentyabr 2019, 07:36
  • 609
  • Dunyo
  • Anqarada Putin, Erdo‘g‘an va Ruhoniyning Suriya bo‘yicha muzokaralari boshlandi
    Anqarada Suriyadagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Rossiya, Turkiya va Eron yetakchilari Vladimir Putin, Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va Hasan Ruhoniy o‘rtasida muzokaralar boshlandi.

    Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, Anqaradagi uchrashuvda davlatlar rahbarlari keskinlik saqlanib qolayotgan hamda ko‘psonli terrorchilar joylashib olgan Idlib va Suriya shimoli sharqidagi vaziyatga batafsil to‘xtalishadi.

    Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, prezidentlar shuningdek, Suriyadagi siyosiy jarayonlarni oldinga surish bilan bog‘liq masalani ham muhokama qilishadi. Bundan tashqari, qochoqlarga yordam ko‘rsatish va Suriyadagi infratuzilmani tiklash mavzulari ham ko‘rib chiqiladi.

    Bugungi muzokaralar ularning beshinchi uchrashuvi bo‘ladi. Ushbu shakldagi sammitlar 2017 yil 22 noyabrda Sochi, 2018 yil 4 aprelda Anqara, 2018 yil 7 sentyabrda Tehron va 2019 yil 4 fevralda Sochida bo‘lib o‘tgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Anqarada Putin, Erdo‘g‘an va Ruhoniyning Suriya bo‘yicha muzokaralari boshlandi