Foto: Sputnik / Viktor Tolochko
Tojikiston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning Tojikistondagi vakiliga ikki davlat chegarasidagi otishma yuzasidan norozilik notasi topshirdi. Bu haqda vazirlikda ma’lum qilindi.
Tojikiston tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, So‘g‘d viloyatining Bobojon G‘ofurov tumanidagi Bahor qishlog‘idagi otishmani Qirg‘iziston boshlagan va voqea joyiga 250-300 harbiyni jalb qilgan.
Dushanbe otishma tojik qishlog‘ining qurollanmagan aholisiga qarshi olib borilganini ta’kidlab, qo‘shni dvlatni ig‘vogarlikda ayblagan.
Ma’lum qilinishicha, mojaro vaqtida Qirg‘iziston tomonidan bir chegarachi, Tojikiston tomonidan 3 chegarachi halok bo‘lgan, har tomondan bir necha kishi yaralangan.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ta’kidlashicha, Tojikiston birinchi bo‘lib qurol qo‘llagan va Qirg‘izistondagi ikkita chegara posti – “Maskat” va “Say” postlarini o‘qqa tutgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga Tojikiston fuqarolari davlat chegarasining belgilanmagan uchastkasida qurilish ishlarini boshlashlari sabab bo‘lgan. Bunga javoban Qirg‘iziston fuqarosi xuddi o‘sha joyda uyi atrofiga devor urishni boshlagan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara ikki davlatning mahalliy aholisi va chegarachilari orasida vaqti-vaqti bilan mojaro maydoniga aylanib turadi. Bunga asosiy sabab ikki davlat o‘rtasidan o‘tuvchi chegarani aniqlab bo‘lmaydigan delimitatsiya qilinmagan hududlar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»