Foto: “RIA Novosti”
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy agarda Belarus va Ukraina Rossiya bilan birlashib, yagona davlatga aylansagina farovonlikka erishishini maʼlum qildi, deb xabar beradi “Daryo” nashri.
«Rossiya va Belarusni allaqachon birlashtirib yuborish kerak edi. Oʻyinlar oʻylab topish nega kerak: keling avval bojxonani yoki tariflarni. Yagona davlatga aylansak Belarus gullab-yashnab ketadi. Keling, odamlarga erkin harakatlanish imkonini, ulkan resurslarga egaligi sabab yevrodan kuchli boʻladigan yagona rublni beraylik. Ukraina bilan ham xuddi shu vaziyat. Axir Rossiya tarixan Velikorossiya va Malorossiyadan tashkil topganku. Bularning ildizi bitta — rus. Biz tarixda birga yashaganmiz, hozir esa buni qayta tiklashimiz kerak», — deb yozadi Jirinovskiy oʻzining Telegramʻdagi kanaliga.
Shuningdek, siyosatchi odamlarning erkinliklarini cheklamaslik lozimligini, istagan odam belarus yoki ukrain tilida gaplashishi mumkinligini, milliy gazetalar, teatr va maktablarni saqlab qolish kerakligini taʼkidlagan.
Jirinovskiy bunday yagona davlat fuqarolarining millatini koʻrsatmasdan, balki “yagona mamlakat fuqarosi” boʻlishi kerak degan fikrni ham bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi