13:56 / 18.09.2019
2 957

Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy kimoshdi savdosiga qo‘yildi
Foto: «The New York Times»
AQSh prezidenti Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy sotuvga qo‘yilgani haqida «The New York Times» yozmoqda.
Tashkilotchi garchi lot qiymatini ochiqlamagan bo‘lsa-da, ayrim ma’lumotlar bor.

Donald Tramp bolaligining to‘rt yilini o‘tkazgan Nyu-Yorkdagi bu uy keyinchalik ham sotuvlarga qo‘yilgan. Oxirgi marta 2017 yilda 2,14 million dollarga sotilgan ekan. Shu uy joylashgan Kuinsda kottejlarning o‘rtacha narxi 900 ming dollar atrofida.

Uy uncha kattamas, besh yotog‘i bor. Ammo solig‘i katta — 185 kvadrat metr maydonli ana shu uyda yashovchilar o‘tgan yili 9,5 ming dollar atrofida to‘lashgan.
Ayni paytda «Trump Birth House» aynan kimga qarashli — noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Trampning bolaligi o‘tgan uy kimoshdi savdosiga qo‘yildi