15:00 / 18.09.2019
4 934

Putin Qur’ondan oyat keltirgan holda Saudiya Arabistoniga taklif bildirdi (video)

Putin Qur’ondan oyat keltirgan holda Saudiya Arabistoniga taklif bildirdi (video)
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoniga neft ob’ektlarini qo‘riqlashi uchun Rossiyada ishlab chiqarilgan C-400 yoki S-300 zenit-raketa majmualarini sotib olishni taklif qildi. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, ushbu taklif Rossiya, Turkiya va Eron prezidentlarining Anqaradagi sammiti chog‘ida bildirilgan.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni rahbariyati Eron singari S-300 yoki Turkiya singari S-400 sotib olish haqida oqilona qaror qabul qilsa kifoya. “Bular Saudiya Arabistonidagi har qanday infratuzilma ob’ektlarini ishonchli himoya qiladi”, – dedi Rossiya rahbari.

Yaqinda Saudiya Arabistoni neft ob’ektlariga bo‘lgan hujumlarni izohlar ekan, Putin Qur’oni Karimning Oli Imroon surasi 103-oyatini eslab o‘tdi: “Muqaddas Qur’ondagi quyidagi oyatni eslamay bo‘lmaydi: “...Va Allohning sizga bergan ne’matini eslang: bir vaqtlar dushman edingiz, bas, qalblaringizni ulfat qildi. Uning ne’mati ila birodar bo‘ldingiz...” Menimcha, ana shu oyatdan kelib chiqish kerak”.

Eslatib o‘tamiz, shanbaga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat kompaniyasiga qarashli ikkita ob’ektga dronlar yordamida amalga oshirilgan hujum oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Hujum uchun mas’uliyatni Yamandagi isyonchi husiylar o‘z bo‘yniga oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Qur’ondan oyat keltirgan holda Saudiya Arabistoniga taklif bildirdi (video)