18:14 / 18.09.2019
4 385

O‘yin paytida futbolchilarni chaqmoq urdi (video)

O‘yin paytida futbolchilarni chaqmoq urdi (video)
Foto: «ATN»
Yamaykada futbol musobaqasi vaqtida maydonni chaqmoq urdi. Noxush hodisa «Uolmer Boys Skul» va «Yamayka Kollej» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv paytida yuz bergan. 82-daqiqada kutilmagan chaqnashdan so‘ng ikki nafar futbolchi yerga yiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yashin maysaga urilgan. Sportchilar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ta’kidlanishicha, chaqmoq urishi natijasida boshqa futbolchilar ham shikastlangan. Olingan jarohatlar darajasi hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘yin paytida futbolchilarni chaqmoq urdi (video)