00:13 / 19.09.2019
4 631

Istanbuldagi kimyo korxonasida portlash yuz berdi (foto)

Istanbuldagi kimyo korxonasida portlash yuz berdi (foto)
Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Tuzla sanoat hududidagi poliester zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Portlash 18 sentyabr kunduzi yuz bergan. Uning ketidan yong‘in boshlangan. Yong‘inni o‘chirishga 50 ta o‘t o‘chirish brigadasi jalb qilingan, hudud politsiya tomonidan qurshab olingan.

Atmosferaga xavfli kimyoviy moddalarning tushishi ehtimoli yuqoriligi sababli yaqin atrofdagi aholidan derazalarni ochmaslik va tashqariga chiqmaslik so‘ralgan.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jarohat olgan. Portlash sababi hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbuldagi kimyo korxonasida portlash yuz berdi (foto)