13:08 / 19.09.2019
3 015

Ruhoniy neft ob’ektlariga hujumni Saudiya Arabistoniga ogohlantirish deb atadi

Ruhoniy neft ob’ektlariga hujumni Saudiya Arabistoniga ogohlantirish deb atadi
Foto: REUTERS
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlariga hujumni yamanlik husiylarning ogohlantirishi deb atadi. Hujumlar 14 sentyabrda amalga oshirilgandi. Ular uchun javobgarlikni husiylar o‘z zimmasiga olib, hujum vaqtida 10 ta dron qo‘llashganini ma’lum qilishgan.

“Yamanliklar o‘z dushmanlarini ogohlantirish uchun shifoxona yoki maktabga emas, sanoat ob’ektiga zarba berishdi. Dushman kuchlari Yamandagi vaziyatdan saboq chiqarib, mintaqada o‘z harbiy harakatlarini to‘xtatishi lozim”, deb aytgan Eron prezidenti.

Ruhoniy, shuningdek, urushni husiylar emas, Saudiya Arabistoni boshlaganini aytib o‘tgan. U AQShning hujumga Eronning aloqasi borligi haqidagi ayblovlariga “Yolg‘on ayblovlar o‘rniga oyoqqa turayotgan xalqlar kuchini hisobga olish lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruhoniy neft ob’ektlariga hujumni Saudiya Arabistoniga ogohlantirish deb atadi