20:48 / 19.09.2019
4 308

AQShlik «Baqaloq» sug‘ur YouTube yulduziga aylandi (video)

AQShlik «Baqaloq» sug‘ur YouTube yulduziga aylandi (video)
AQShning Delaver shtatida «Baqaloq» laqabli sug‘ur nima ko‘rsa tortinmasdan xoh pomidor xoh bodring bo‘lsin yeb tashlaydi, qizig‘i u bu ishni kamera oldida qiladi. Sug‘urni internet yulduzi desa ham bo‘ladi, u o‘g‘irlik qilayotgan tomorqa egasi Jeff Permar «Baqaloq»ning sabzavotlar o‘marishi haqidagi videolarni YouTube’dagi kanalga joylab turadi. Hozircha kichik sabzavot o‘g‘risining 3 mingdan ortiq obunachilari bor. Bu haqda Daryo.uz nashri xabar berdi.

Tomorqa egasi kamerani boshqa maqsadda, zararkunandani topib undan qutilish uchun ekin maydoniga o‘rnatgandi. Biroq, Permar o‘g‘rining o‘zini tutishidan hayratda qoldi va endi «Baqaloq»ning tomorqaga navbatdagi tashrifini har safar intiq bo‘lib kutadi.

«Hayvonlar va odamlar aslida bir-birimizga qo‘shni bo‘lib yashaymiz. Shu sababli tomorqamdagi sabzavotlarni kichik do‘stim bilan baham ko‘rmoqchiman», — deydi Permarning o‘zi.

YouTube’dagi sarguzasht videolarining tez-tez yangilanib turganidan «Baqaloq»ning sho‘xliklari davom etayotganini anglash mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShlik «Baqaloq» sug‘ur YouTube yulduziga aylandi (video)