23:18 / 19.09.2019
4 133

AQSh Qurolli kuchlari generali: NATO endi Rossiyadan harbiy jihatdan ustun emas

AQSh Qurolli kuchlari generali: NATO endi Rossiyadan harbiy jihatdan ustun emas
Foto: «RBK»
AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi Jozef Danford NATO endi Rossiyaga nisbatan harbiy ustunlikka ega emasligini qayd etdi. U ittifoqni may oyida tanishtirilgan yangi strategiya ustida ishlashga chaqirdi. Bu haqda Pentagon rasmiy saytiga asoslanib «Kommersant’» xabar qildi.

«Rossiya NATOning raqobatchisi va u ittifoqdan ustunligini namoyish eta oldi», — deya ta’kidlagan Danford Sloveniyada bo‘lib o‘tgan NATOning harbiy qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlar bilan o‘tkazilgan suhbatda.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, NATO rahbariyati kuchlar nisbati o‘zgarganini tan oldi.
«Biz NATO doirasidagi rejalarimiz, shuningdek, rivojlanish yo‘lidagi jamoaviy harakatlarni kelishib olamiz», — deydi Danford.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr boshida Pentagon rahbari Mark Esper Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Rossiyani Yevropadan uzoqlashtirmaslik haqidagi so‘zlariga izoh bergan va Rossiyani jahon maydonida o‘zini «normal mamlakat» kabi tutishga chaqirgandi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bunga javoban davlatning hozircha «normal bo‘lmagan» mamlakat bo‘lishda davom etishini bildirgandi.

19 avgust kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan uchrashgan va muzokaralar chog‘ida Rossiyaning «haqiqiy Yevropa mamlakati» ekanligiga hamda «Lissabondan Vladivostokkacha» Yevropaga ishonishini aytgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSh Qurolli kuchlari generali: NATO endi Rossiyadan harbiy jihatdan ustun emas