18:07 / 20.09.2019
3 366

Och Ronalduni bolaligida burger bilan boqqan ayol topildi

Och Ronalduni bolaligida burger bilan boqqan ayol topildi
«Yuventus» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bolaligida ko‘p och qolganini so‘zlab berdi. U «Sporting» akademiyasida o‘qigan vaqtlarda jamoadoshlari bilan «Makdonalds» tamaddixonalariga borib, ortib qolgan ovqatlarni berishlarini so‘raganini tan olgan.

Ronalduning eslashicha, o‘sha vaqtlarda u 12 yosh edi va puli bo‘lmasdi. Shu sababli do‘stlari bilan tunlari «Makdonalds» tamaddixonalariga borib, xodimlardan ortib qolgan ovqatlarni berishlarini so‘rardi. «Men Lissabonda yashardim. U yerda Portugaliyaning turli joylaridan kelgan bolalar bor edi. Oiladan uzoqda bo‘lish juda og‘ir edi», — deydi hujumchi.

Krishtianu Ronaldu o‘z vaqtida unga yordam bergan ayollar bilan uchrashish niyati borligini intervyu davomida aytib o‘tgan.

Shundan so‘ng «Makdonalds» tamaddixonasida ishlaydigan Paula Leka o‘z vaqtida «Lissabon» akademiyasi tarbiyalanuvchilarini tekin burger bilan siylaganini tan oldi. Lekaning aytishicha, Ronaldu tengdoshlari orasida juda kamtar bo‘lgan. «Agar u meni kechki ovqatga taklif etsa, bajonidil rozi bo‘lardim. Biz birga o‘tirib, o‘sha davrlarni eslardik», — deydi Paula Leka.

Paulaning aytishicha, u bu voqeani o‘g‘liga aytib berganda, u ishonishni istamagan. «Uning aytishicha, bu yolg‘on ekan. U o‘z onasi bir vaqtlar Ronalduni siylaganini tasavvur etishi ham qiyin», — deydi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Och Ronalduni bolaligida burger bilan boqqan ayol topildi