11:19 / 21.09.2019
4 204

Turkmanistonlik askarlar paxta terimidagi og‘ir sharoitlardan shikoyat qilmoqda

Turkmanistonlik askarlar paxta terimidagi og‘ir sharoitlardan shikoyat qilmoqda
Foto: Azathabar.com
Turkmanistonning Lebap viloyati harbiy qismlaridan birining askarlari bir oy davomida paxta dalalaridagi isitilmaydigan chodirlarda, och-nahor yashamoqda. Bu haqda Fergana News'ga asoslanib Daryo xabar bermoqda.

Ota-onalarning so‘zlariga ko‘ra, avgust oyida Kerki shahridan askarlar paxta dalalariga olib ketilgan. Askarlar terim davomida yaxshi ovqat bilan ta’minlanmagan, bundan tashqari ularga gigiyenaga rioya etish uchun yetarli darajada suv berilmagan.

So‘nggi paytlarda kechasi salqin tushib qoldi, biroq askarlarda qalin ko‘rpa va issiq kiyim-bosh yo‘q. Aksariyat harbiylar ota-onalaridan pul jo‘natishini so‘ragan. Biroq, ota-onalarda ham ularning so‘rovlarini to‘laqonli amalga oshirish uchun yetarli mablag‘ mavjud emas.

Farzandlarini ko‘rishga borgan ota-onalar bir oy ichida ularning ozib-to‘zib ketganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, ularning ayrimlarida antisanitariya holatlarida yashagani uchun qo‘llari va oyoqlarida yaralar paydo bo‘lgan. Biroq ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmayapti.

«Ular taqdir hukmiga tashlab qo‘yilgan. Ulardan faqat paxta terish talab qilinmoqda. Sodda qilib aytganda, ular qullarga aylantirilgan», — deydi askarlarning ota-onalari.

Turkmanistonda paxta yig‘im-terimiga majbur olib chiqishayotganidan nafaqat harbiylar, balki boshqa davlat tashkilotlari xodimlari ham shikoyat qiladi.
Hukumat esa paxta terishga borayotganlar «bu ishga o‘z ixtiyori bilan, qo‘shimcha daromad topish maqsadida» rozi bo‘layotganini aytadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonlik askarlar paxta terimidagi og‘ir sharoitlardan shikoyat qilmoqda