12:34 / 21.09.2019
3 442

Musulmon yigit o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchining hayotini saqlab qoldi

Musulmon yigit o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchining hayotini saqlab qoldi
«Yandeks.Yeda» kompaniyasi tojikistonlik xodimi Bahrom G‘ulomqodirovni qahramonlik qilgani uchun mukofotlamoqchi. Bu haqda «Takiye dela» gazetasi xabar berdi.

Mehnat muhojiri Moskva bo‘ylab samokatda o‘zining navbatdagi buyurtmasini olib ketayotgan paytda uy oynasidan chiqib, pastga sakramoqchi bo‘lgan bolani ko‘rib qoladi.

Bu paytda bola uy ichkarisida bo‘lgan onasi bilan yuqori hissiyotli suhbat olib borayotgan bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ona o‘z farzandini bu fojiadan qaytarishga intilgan.

Bahrom ishini to‘xtatdi va yordamga shoshildi. U jasurlik bilan truba orqali yuqoriga ko‘tarildi va bolakayni uy ichiga kiritib yubordi. Bola bilan suhbatda tojikistonlik yigit psixologlik mahoratini ham ko‘rsatgan.

Bu o‘quvchi o‘zini bosib olganiga ishonch hosil qilgan Bahrom ishini davom ettirgan. Agar hayoti saqlanib qolgan bolaning onasi bu voqeani ma’lum qilmaganida tojikistonlik mehnat muhojirining qahramonligi ommaga oshkor bo‘lmasligi mumkin edi. Bu ayol Bahrom ishlaydigan kompaniyaga telefon qilib, uning haqiqiy erkakka xos ishini aytib bergan va o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Musulmon yigit o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchining hayotini saqlab qoldi