Foto: ICRC
Eritreyaning poytaxt Asmera hukumati mamlakat so‘nggi oylarda ichimlik suvi yetishmasligidan qiynalayotganini norasman tasdiqladi.
Mamlakat hukumati voqealarni jimgina kuzatib, biron-bir chora ko‘rmayapti, mahalliy aholi vaziyat kundan-kunga og‘irlashib, ulkan gumanitar inqiroz boshlanib ketishidan xavotirda.
Poytaxtliklarning aytishicha, do‘konlarda sotilayotgan ichimlik suvi ancha tortilib qolgan, qolaversa, shaharlarga ham vodoprovod suvi yetib kelishi muammo. Bu ham yetmaganidek, Eritreya hukumati aholi kelajak uchun asrab qo‘ygan 300 sisternadan oshiq suvni musodara qilgan.
Eritreyalik bir fuqaro shunday deydi: «Oxirgi to‘rt oy davomida uyimga suv kelgani yo‘q. Biroq chinakam tashnalik 2019 yilning avgustida, boshqa yerlarda ham suvlar qurib qolganidan keyin boshlandi».
Ma’lumot uchun: Eritreya — Sharqiy Afrikada, Qizil dengiz bo‘yida joylashgan. Hududi — 121,1 ming kvadrat kilometr. Aholisi — 6 million kishidan ortiq. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi