21:00 / 21.09.2019
2 550

Turistlar Google orqali eng ko‘p qidirgan maskanlar reytingi e’lon qilindi

Turistlar Google orqali eng ko‘p qidirgan maskanlar reytingi e’lon qilindi
Globehunters turistik servisi turistlar bu yil Google orqali qidirgan diqqatga sazovor maskanlar reytingini e’lon qildi.

Eng yuqori uchlikni uchta Disneylend – Kaliforniyaning Anaxaym (oyiga o‘rtacha 1,7 mln qidiruv), Parijdagi (1,2 mln qidiruv) va Floridaning Orlando shahridagi (1,14 mln) parklar egalladi.

Reytingda keyingi o‘rinlarda Hindistondagi Toj Mahal (1,06 mln qidiruv), Perudagi inklarning qadimiy Machu-Pikchu shahri (1,05 mln) va Arizonadagi Grand-Kanon (884 ming) joylashdi.

Yettinchi o‘rinni oyiga 859 ming kishi qidirgan Dubaydagi Burj-Xalifa binosi egalladi. Eyfel minorasini 793 ming va Vayoming shtatidagi Yellouston milliy parkini 761 ming kishi qidirgan.

Ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Niagara sharsharasi (719 ming), Barselonadagi Sagrada-Familiya ibodatxonasi va AQShdagi Ozodlik haykali (658 ming) egalladi.

Reytingni Rimdagi Panteon (513 ming), Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi va Londondagi Bukingem saroyi (494 ming) yakunlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turistlar Google orqali eng ko‘p qidirgan maskanlar reytingi e’lon qilindi