23:50 / 21.09.2019
6 157

Melanya Tramp Vashington haykali ochilishi marosimida sharmanda bo‘ldi

Melanya Tramp Vashington haykali ochilishi marosimida sharmanda bo‘ldi
AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp Amerika poytaxtida Jorj Vashington haykalining ochilish marosimi vaqtida noqulay vaziyatga tushdi. Tegishli videoyozuv Washington Examinerning Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan.

Kadrlarda ko‘rinib turibdiki, prezidentning rafiqasi ulkan qaychilardan foydalanib, bayramona tasmani qirqishni eplay olmagan. Shu bois, u hijolat bo‘lib, yonida turgan erkakka ulkan qaychini kesilmagan lenta bilan birga topshirishga majbur bo‘ladi.

Tantanali marosimda shahar maktabida tahsil oluvchi o‘quvchilar va amaldorlar ishtirok etishgan.

​Vashington monumenti - marmardan yasalgan uzunligi 169 metrli obeliskdir. U uch yillik ta’mirdan so‘ng ochildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Melanya Tramp Vashington haykali ochilishi marosimida sharmanda bo‘ldi