3 092
Qozog‘istonda Xitoy ekspansiyasiga qarshi namoyish o‘tkazildi. O‘nlab kishilar qo‘lga olindi
Foto: Reuters
Qozog‘istonning ikkita yirik shahrida odamlar «Xitoyning iqtisodiy ekspansiyasi»ni to‘xtatishni talab qilib ko‘chalarga chiqishdi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, politsiya 57 kishini qo‘lga olgan.
Qo‘shni davlat Xitoy - Qozog‘istonning asosiy savdo sheriklaridan biri hisoblanadi, investitsiyalar ulushi bo‘yicha ham xitoyliklar yetakchi, ammo ushbu davlatning ayrim zavodlarini Qozog‘istonga ko‘chirish bo‘yicha rejasi qozog‘istonliklarning noroziliklariga sabab bo‘lgan.
Namoyish ishtirokchilaridan biri Frans press muxbiriga bergan intervyusida hukumatni mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash o‘rniga xitoylik investorlarga ustunliklar berayotgani uchun tanqid qilgan. Reyter jurnalisti Nur-Sulton shahrida politsiya qozoqchada «Xitoy ekspansiyasini to‘xtating» deb yozilgan plakat ko‘targan shaxsni qo‘lga olganiga e’tibor qaratgan.
Bundan avvalroq ayni vaqtda Fransiyada istiqomat qilayotgan quvg‘indagi bankir va milliarder Muxtor Ablyazov qozog‘istonliklarni namoyish uyushtirishga chorlagandi. Ablyazov qozoq muxolifatidagi muhim figuralardan biri hisoblanadi, u Qozog‘istonni 2009 yilda tark etgandi.
2017 yilda Olmaota tumanlararo maxsus sudi Ablyazovni jinoiy uyushma tuzish va «BTA Bank» mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topgan, u mol-mulki musodara qilinib, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Sud uzoq yillardan buyon xorijda yashayotgan Ablyazov ishtirokisiz o‘tgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy byuroning ma’lumotlariga ko‘ra, uning davlatga yetkazgan zarari 7,5 milliard dollardan ortiqroqni tashkil etadi.
Foto: Reuters
«Bir necha marta prokuratura tomonidan ogohlantirish bo‘lganiga qaramasdan, ayrim fuqarolar taqiqlangan ekstremistik tashkilot chaqiriqlariga uchishdi», deyiladi Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotida. Bu orqali Ablyazov tomonidan tuzilgan, mamlakatda taqiqlangan «Qozog‘iston demokratik saylovi»harakati nazarda tutilgan.
Shanba kungi miting hukumat ruxsatisiz o‘tkazildi, ammo huquq himoyachilarining so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonda mitinglarga ruxsat olish deyarli imkonsiz ish: hukumatda rad qilishning turli sabablari topiladi.
Shu haftada Olmaota va Nur-Sulton shaharlarida 4-5 sentyabr kuni o‘tkazilgan namoyishlarda ishtirok etgani uchun bir qancha fuqarolar 10-15 kunlik muddatlarga qamaldi. O‘shanda ham namoyishchilar Xitoyning Qozog‘istondagi loyihalariga qarshilik qilib chiqishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?