08:43 / 24.09.2019
4 679

Ko‘zlari bog‘langan, oyoqlariga kishan taqilgan uyg‘urlar...

Ko‘zlari bog‘langan, oyoqlariga kishan taqilgan uyg‘urlar...
Xitoyda qo‘llari orqadan kishanlangan, ko‘zlari bog‘langan va sochlari qirtishlangan yuzlab kishining temir yo‘l vokzalidan boshqa joyga olib ketilayotgani aks etgan videotasvir inson huquqlari tashkilotlarining keskin tanqidiga uchradi.

Ushbu tasvirlar dron yordamida olingani va unda sharqiy turkistonlik uyg‘urlarning boshqa lagerlarga olib ketilayotgani aks etgani, tasvirlar Taklamakon cho‘lining shimolidagi Korla shahrida tushirilgani aytilmoqda.

Videolavhada ko‘zlari bog‘langan va ikki tomonida politsiyachilar bo‘lgan kishilarning temir yo‘l vokzaliga olib kelinganini ko‘rish mumkin.

Mazkur videolavha haqida gapirgan Avstraliya tashqi ishlar vaziri Meris Peyn tasvirlar haddan tashqari yoqimsiz ekanini aytdi.

“Uyg‘urlar va boshqa musulmonlar o‘zboshimchalik bilan hibsga olinmasligi uchun Xitoyga muntazam ravishda chaqiriqlar yuboryapmiz. Xavotirlarimizni aytdik. Masalani ham o‘zaro uchrashuvlarda, ham xalqaro uchrashuvlarda muhokama qilishni davom ettiramiz”, – dedi u.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ko‘zlari bog‘langan, oyoqlariga kishan taqilgan uyg‘urlar...