06:00 / 24.09.2019
2 903

Rossiya IShID jangarilarining Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishiga AQSh aloqadorligini ma’lum qildi

Rossiya IShID jangarilarining Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishiga AQSh aloqadorligini ma’lum qildi
Foto: CNN
MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik va razvedka xizmati rahbarlarining yig‘ilishida Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) beshinchi xizmati rahbari Sergey Beseda IShID terrorchilik tashkiloti jangarilarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kiritilishida AQSh maxsus xizmatlarining aloqasi borligini ma’lum qildi. FXX vakilining aytishicha, Vashington MDH mamlakatlari chegaralaridagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida terrorchilarni yo‘llagan. Bu haqda «Kommersant’»ga tayanib Daryo xabar berdi.

«Afg‘onistonning shimoliy hududlariga IShID jangarilarining kiritilishiga AQShning aloqasi borligi haqida ma’lumotlar mavjud. Bu MDH janubiy chegaralari, kelajakda esa Markaziy Osiyo mamlakatlarida barqarorlikka rahna solish maqsadida qilingan harakat», — deydi Beseda.

FXX vakilining fikricha, MDHga a’zo davlatlarni tashqi kuchlarning halokatli ta’siridan himoyalash uchun bu kabi holatlarga dastlabki bosqichlarda munosabat bildirish lozim.

Eslatib o‘tamiz, MDHga a’zo davlatlarning xavfsizlik va razvedka xizmati rahbarlarining 16-yig‘ilishi Qozonda bo‘lib o‘tmoqda va forumda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistondan delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Avgustda Vashington «Tolibon» harakati vakillari bilan muzokaralar muvaffaqiyatli ketayotganini ma’lum qilgan. Tomonlar Amerika qo‘shinlarini Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketish borasida ham kelishuvga erishgandi. Biroq bir oy o‘tgach, 5 sentyabrda Kobulda xorij elchixonalaridan biri yaqinida portlash sodir qilindi, natijada 12 nafar odam qurbon bo‘ldi.

Ular orasida bir nafar amerikalik harbiy ham bo‘lgan. «Tolibon» portlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olganidan so‘ng AQSh prezidenti Donald Tramp muzokaralarni to‘xtatdi, «Tolibon» esa Afg‘oniston hududida amerika harbiylari bilan urushni davom ettirishini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya IShID jangarilarining Afg‘onistonga ko‘chib o‘tishiga AQSh aloqadorligini ma’lum qildi