KXShT Afg‘onistondagi "Tolibon" va IShID jangarilari sonini ma’lum qildi

  • 24 sentyabr 2019, 19:43
  • 1 417
  • Dunyo
  • KXShT Afg‘onistondagi "Tolibon" va IShID jangarilari sonini ma’lum qildi
    Foto: AP Photo/Rahmat Gul, arxiv
    Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" va IShIDning 15 mingga yaqin jangarilari bo‘lib, ular Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga tahdid uyg‘otmoqda. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) birlashgan shtabi boshlig‘i general-polkovnik Anatoliy Sidorov ma’lum qildi.

    "KXShTga Afg‘oniston shimolidagi "Tolibon" guruhlari xavf solmoqda. Ularning umumiy soni 11 ming kishiga yaqin. Afg‘onistonda IShID faolligi kuchayishi kuzatilmoqda. Undagi jangarilar soni 4 mingga yaqin", - dedi Sidirov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar hozirda Afg‘oniston hududining 40 foizga yaqinini nazorat qilib turibdi. Jangarilar nazorati ostidagi hududlarda qurol va giyohvand modddalar savdosi avj olmoqda.

    KXShTning ma’lumotiga ko‘ra, jinoiy guruhlar ixtiyorida 100 mingga yaqin o‘qotar qurol bor. Bundan tashqari, 2018 yilda Afg‘onistondagi ko‘knori dalalari maydoni 263 ming gektarni tashkil etgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » KXShT Afg‘onistondagi "Tolibon" va IShID jangarilari sonini ma’lum qildi