Belarus prezidenti dalalarida Shavkat Mirziyoyev yuborgan qovun urug‘laridan mo‘l-ko‘l hosil olindi

  • 25 sentyabr 2019, 10:10
  • 1 211
  • Dunyo
  • Belarus prezidenti dalalarida Shavkat Mirziyoyev yuborgan qovun urug‘laridan mo‘l-ko‘l hosil olindi
    Foto: president.gov.by
    Belarusda yig‘im-terim mavsumi faol davom etmoqda. Boshoqli ekinlardan keyin navbat sabzavot va poliz ekinlariga keldi. Shu jumladan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning tajribaviy maydonlarida ham yig‘im-terim ishlari avjida.

    Ma’lumki, Lukashenko qishloq xo‘jaligiga katta ahamiyat qaratadi. Belarus prezidenti turli qishloq xo‘jaligi ekinlarini Belarus sharoitida yetishtirish mumkinligini shaxsan sinab ko‘radi. Hozirda respublikada 10 yil avval ekzotik hisoblangan meva va sabzavotlar bamaylixotir yetishtirilmoqda. Shu jumladan, respublikada tarvuzlar va qovunlar yetishtirishga o‘rganib olindi.

    Xususan, joriy yilda Lukashenkoning tajribaviy maydonlarida yaxshi qovun hosili olindi. E’tiborlisi, qovun hosili Lukashenkoning iltimosi bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bahorda unga yuborilgan eng yaxshi navlardagi o‘zbek qovunlari urug‘laridan olingan. Ta’kidlanishicha, issiqhonalarda yetishtirilgan hosil bir necha kungina oldin terib olindi.

    An’anaviy ravishda Belarus prezidenti o‘z tajribaviy maydonlarida respublika uchun an’anaviy hisoblangan kartoshka, karam, sabzi, lavlagi yetishtiradi. Jumladan, bu yilgi kartoshka hosili ayniqsa mo‘l-ko‘l bo‘lib, ushbu sabzavotdan 120 tonna terishga muvaffaq bo‘lindi.

    Shuningdek, maydonda Belarus va Tojikiston do‘stligi bog‘i mavjud bo‘lib, unda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tomonidan sovg‘a qilingan va Markaziy Osiyodan keltirilgan o‘rik, gilos, olma daraxatlari va bir necha navdagi uzum yetishtiriladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Belarus prezidenti dalalarida Shavkat Mirziyoyev yuborgan qovun urug‘laridan mo‘l-ko‘l hosil olindi