00:10 / 26.09.2019
6 254

Hamma ham ko‘ravermaydigan haqiqat: qashshoqlik va hashamat to‘qnashgan shavqatsiz suratlar

Hamma ham ko‘ravermaydigan haqiqat: qashshoqlik va hashamat to‘qnashgan shavqatsiz suratlar
Istanbullik rassom Ug‘ur Gallenkush o‘z ishlarida urush o‘choqlarida zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan qashshoq aholi bilan rivojlangan mamlakatlardagi hashamat va dabdaba o‘rtasidagi kontrastni ajoyib uslubda tasvirlaydi.

Ug‘ur uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi taqdiri haqida o‘z san’ati orqali xabar beradi.
U o‘z kollajlarida g‘arbdagi to‘kin hayotni rivojlanmagan mamlakatlardagi kambag‘allik bilan birlashtiradi.

Bir tarafda kunini qanday maroqli o‘tkazish bilan band, baxtiyor chehralar. Bir tomonda urush va nochorlik. Yarador bolalar, tarqab ketgan oilalar, qashshoq turmush.

Ug‘ur o‘zining ilk kollajini 2015 yili yaratgandi. Hozirgacha 100 dan ortiq san’at namunasini taqdim qildi.
Ug‘urning ishlari go‘zallik, estetika uchun qilingan san’at namunasi emas. O‘z ishlari bilan u shukr qilishga, o‘ylashga undaydi.









Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hamma ham ko‘ravermaydigan haqiqat: qashshoqlik va hashamat to‘qnashgan shavqatsiz suratlar