07:43 / 26.09.2019
2 790

Moskva muftiysi Rossiyada ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirdi

Moskva muftiysi Rossiyada ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirdi
Butun Rossiya bo‘ylab ko‘pxotinlilikning qonuniylashtirilishi erkaklarning ayollarga nisbatan kamligi tufayli yuzaga kelgan qator ijtimoiy muammolarni hal etishga yordam berardi, deb ta’kidlagan RIA Novostiga Moskva muftiysi Ildar Alautdinov.

Sal oldin, RF Musulmonlar diniy idorasi rahbari shayx Ravil Gaynutdin mamlakatning musulmon regionlarida ko‘pxotinlilik legallashtirilishini maqsadga muvofiq, deb hisoblashini aytgan edi. Ko‘pxotinlilik, uning so‘zlariga ko‘ra, "40ta jazman orttirib, ular hamda nikohsiz tug‘ilgan farzandlar oldida zarracha mas’uliyat yukini his etmaslikdan ko‘ra" ancha yaxshi.

"Men ko‘pxotinlilik albatta qonuniylashtirilishi kerak, deb hisoblayman. Bu amaliyot mavjud bo‘lishga haqli, axir ayrim dinlar, shu jumladan Islom dini ham bunga ruxsat beradi", - deb aytgan Alautdinov.

Muftiy Rossiyada ayollar soni erkaklar soniga nisbatan ko‘p ekanligi haqidagi faktni inobatga olishga chaqirgan - Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, 10 millionga. Bundan tashqari, Rossiyada "ayollar beva yoki ajrashuvdan keyin yolg‘iz qoladigan" holatlar ham kam emas. Bundan tashqari, ko‘pxotinlilik qator regionlarda mavjud, masalan Tataristonda, Chechenistonda, Dog‘istonda, deb ta’kidlagan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva muftiysi Rossiyada ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishga chaqirdi