Rossiya Grin-kard lotereyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin

  • 26 sentyabr 2019, 11:06
  • 699
  • Dunyo
  • Rossiya Grin-kard lotereyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin
    Rossiya o‘z hududida AQShning grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin, bu haqida jurnalistlarga Davlat Dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi vakili Aleksey Chepa xabar qildi.

    Chepa aytishiga ko‘ra, AQSh tomonidan 10 nafar Rossiya vakillariga viza berilmagani uchun munosib javob bo‘lishi mumkin.
    “Bu misli ko‘rilmagan holat. Bizning delegatlarimiz AQShga emas BMT shtab-kvartirasiga tshrif buyurishmoqchi edi. Bizning javob ham sezilarli bo‘ladi. Masalan, biz AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan grin-kard lotoreyasini ta’qiqlab qo‘yishimiz mumkin”, - dedi deputat.

    Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin AQShning Moskvadagi elchixonasi BMT Bosh Assambleyasi majlisiga borishni maqsad qilgan Rossiya delegatsiyasining bir qismiga, hech qanday sababsiz, viza berishni rad etgan edi.

    Undan tashqari BMT majlisiga tashrif buyurgan delegatsiya vakillariga ham turli cheklovlar qo‘yilgan.

    AQSh tomonidan xuddi shunday harakatlar Eron delegatsiyasiga nisbatan ham amalga oshirilgan. Xususan, AQSh hukumati Eron prezidenti Hasan Ruhoniyga Nyu-York shahri bo‘ylab harakatlanishni ta’qiqlab qo‘ygan. Unga faqat AQSh kuzatuvchilar nazorati ostida BMT shtab-kvartirasini tark etishga ruxsat berilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiya Grin-kard lotereyasini ta’qiqlab qo‘yishi mumkin