10:16 / 26.09.2019
3 506

“Allohga shukr, biz yetib keldik”: BAAlik birinchi fazogir orbitadan yurtdoshlariga salom yo‘lladi

“Allohga shukr, biz yetib keldik”: BAAlik birinchi fazogir orbitadan yurtdoshlariga salom yo‘lladi
Foto: NASA
BAAlik birinchi fazogir Hazza al-Mansuriy “Soyuz MS-15” kemasining Xalqaro koinot stansiyasiga tutashganidan keyin yurtdoshlariga salom yo‘lladi.

Kema XKSga tutashgandan keyin ekipaj lyukni ochib, stansiyaga o‘tgan. Oleg Skripochka, Jessika Meir va al-Mansuriyni stansiyada 6 fazogir – Aleksey Ovchinin, Aleksandr Skvorsov, Kristina Kuk, Nik Xeyg, Endryu Morgan va Luka Parmitano kutib olgan.

Al-Mansuriy Dubaydagi koinot markazidagi parvozni boshqarish xonasi bilan aloqaga chiqib, “Allohga shukr, biz yetib keldik”, degan.
“Hammasi yaxshi ketmoqda, mening BAA aholisiga salomim”, deb qo‘shimcha qilgan fazogir.

Al-Mansuriy, shuningdek, parvoz vaqtida “Yerdagi ajoyib quyosh botishlar va tong otishlar manzaralarini” ko‘rganini aytgan.
“Men ko‘rganlarimni siz bilan bo‘lishishni istardim”, deb qo‘shimcha qilgan BAAlik fazogir.

Al-Mansuriy birinchi arab va BAAlik fazogir bo‘ldi. U Yerga 8 kundan keyin, 3 oktyabrda qaytadi.
Shuningdek, BAAning fazoga jo‘natiladigan ikkinchi fazogiri nomi ma’lum bo‘ldi. Bu inson muhandis Sulton an-Niyoziy bo‘ladi. Bu haqda jurnalistlarga BAA koinot agentligi direktorlar kengashi raisi ma’lum qildi. An-Niyoziy al-Mansuriyning dublyori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Allohga shukr, biz yetib keldik”: BAAlik birinchi fazogir orbitadan yurtdoshlariga salom yo‘lladi