10:20 / 27.09.2019
3 225

Turkmaniston janubida aholi unga bir oy avval navbatga yozila boshladi

Turkmaniston janubida aholi unga bir oy avval navbatga yozila boshladi
Foto: Fergana News
Turkmanistonning Mari viloyatida aholi davlat do‘konlaridagi arzon unga keyingi oy uchun navbatga yozila boshladi, deb xabar beradi Daryo.
Mari tumanidagi «Zarpchi» va «Taze Oba», Murgab tumanidagi «Qizil Baydak», «50 iylik», Bayramalin tumanidagi «Turkmaniston» don birlashmalarida eng tarang vaziyat kuzatilmoqda.

«Ayrim hollarda un savdoga chiqqach, odamlar unga talashib, bir-birini urib ketadi. Un hammaga yetmaydi.
Do‘konlar ishchilari xaridorlarga ularning ismi ro‘yxatda bo‘lmasa, keyingi oy uchun navbatga yozilishini hamda har kuni xabar olishni aytadi», — deyiladi xabarda.

Odamlar hatto bir oyda bir marta oilaning har bir a’zosi uchun berilishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi unni ham ololmaydi», — deydi nashr manbasi.
Qayd etilishicha, gap un yetishmasligi haqida emas, balki mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadigan arzon unning yetishmasligi haqida bormoqda. Xususiy do‘konlar va bozorda un 5—6 baravar qimmat sotiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston janubida aholi unga bir oy avval navbatga yozila boshladi