18:38 / 27.09.2019
3 147

Habib Nurmagomedovning futbolkasi 60 ming dollarga sotildi

Habib Nurmagomedovning futbolkasi 60 ming dollarga sotildi
Foto: “Global Look Press”
Amerikalik jangchi Dastin Porye oʻzining soʻnggi jangida kiygan kiyimlari, shuningdek, “Ultimate Fighting Championship”ning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovga tegishli futbolkani “Ebay” elektron savdo maydoniga sotuvga qoʻydi. U Habibning futbolkasini UFC 242dagi jangdan soʻng olgandi.

Dastin Porye boshlangʻich narxni 5 ming dollar etib belgilagandi, ammo u yakunda 60 200 AQSH dollariga sotildi. Elektron auksionda hammasi boʻlib 125 bor pul tikildi. Bu haqda All Boxing xabar berdi.

Porye har bir jangidan keyin shunday toʻplamlarni sotadi va tushgan mablagʻni xayriya uchun sarflaydi.
Avvalroq, Nurmagomedov ham Poryedan olgan futbolkani sotib, sportchining xayriya jamgʻarmasiga 100 ming AQSH dollari oʻtkazib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedovning futbolkasi 60 ming dollarga sotildi