20:44 / 27.09.2019
2 752

Saudiya Arabistoni sayyohlarga bag‘rini ochmoqda

Saudiya Arabistoni sayyohlarga bag‘rini ochmoqda
Saudiya Arabistoni iqtisodiy jihatdan neftga qaramlikdan qutulishning keng ko‘lamli chora-tadbirlar doirasida ilk marotaba xalqaro sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda.

Saudiya Arabistoni chet el kompaniyalarini mamlakat sayyohlik sohasiga sarmoya yotqizishlari uchun 49 mamlakat fuqarolari uchun yangi viza dasturini e’lon qildi.

Turizm rahbari Ahmad al-Hotibning Reuters’ga aytishicha, endilikda ayol sayyohlar abaya (butun tanani yopib turadigan qora rangdagi libos) kiyishlari majburiy emas. Biroq, ular imkon qadar odmiroq kiyinishlari kerak, ayniqsa, jamoat sohillarida.

Qirollik yangi dastur orqali sayyohlik sohasi 2030 yilga borib YaIMning 10 %ini tashkil qilishiga umid qilmoqda.

Vizalarni onlayn rasmiylashtirish imkoniyati mavjud va u 80$ turadi. Ushbu viza bilan Islom olamining muhim shaharlari Makka va Madinaga kirib bo‘lmaydi.

Bu harakat hukmdor valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning dunyodagi eng yirik neft eksport qiluvchi davlatida ilgari taqiqlangan o‘yin-kulgilarni joriy qilish orqali yangi sohalarni rivojlantirish rejalarining bir qismidir.

Saudiya Arabistoni turizmi
G‘arblik sayyohlar, jumladan, o‘tgan yili ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Formula E elektrokarlar poygasini tomosha qilishga kelganlar soni nihoyatda kam edi, biroq hukumat ularning sonini oshirishni ko‘zlayapti.

Qirollik 2030 yilga kelib, mamlakatga yiliga 100 million sayyoh tashrif buyurishini rejalashtirmoqda, hozirda ularning soni 40 million atrofida (aksariyati musulmon mamlakatlaridan haj ziyoratiga kelganlar).

«Bizda juda katta madaniyat bor, bu yerda ko‘plab, ko‘plab sayyohlar kelib, ushbu madaniyatni o‘rganishni va u haqida ko‘proq ma’lumot olishni, ko‘rish va tajriba qilishni istaydilar», — deydi al-Hotib.
2030 yilga kelib sayyohlik sohasida 1 million kishi mehnat qiladi.

Muhammad bin Salmonning ko‘plab islohotlari xalqaro darajada olqishlarga sazovor bo‘ldi, ammo o‘tgan yili jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi, tanqidchilar, jumladan taniqli ayol faollarning hibsga olinishi va Yamandagi vayronagarchilik urushi uning obro‘siga putur yetkazdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni sayyohlarga bag‘rini ochmoqda