Rossiyada politsiyachilar o‘zbekistonliklarni ayovsiz kaltakladi

  • 27 sentyabr 2019, 21:09
  • 3 455
  • Dunyo
  • Rossiyada politsiyachilar o‘zbekistonliklarni ayovsiz kaltakladi
    O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 20 sentyabr kuni politsiya xodimlari tomonidan ikki o‘zbekistonlikning kaltaklanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Tergov qo‘mitasiga rasmiy murojaat yo‘lladi. Bu haqda TIV matbuot xizmatiga tayanib Sof.uz xabar qildi.

    «Podmoskove segodnya» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Ilhom X. va Dilshodbek T. Moskva viloyati Balashixa shahridagi 1 May mikrotumanida ijaraga olingan kvartirada yashashgan. Kechqurun ikki do‘stlari bilan uyga qaytganida ularni kvartira egasi kutib oladi. Barchasi o‘tirib kechlik qilishadi, biroq ziyofatni eshik qo‘ng‘irog‘i buzadi.

    Ilhomning so‘zlariga ko‘ra, kvartiraga o‘zlarini jinoyat qidiruv xodimlari deb tanishtirgan odamlar uydagilarni kaltaklashni boshlaydi. Ular hujjatlarini ko‘rsatmagan va pul talab qilishgan. Ur-kaltak va tahqirlashlar, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki soatcha davom etgan.

    Shundan so‘ng hujum qilganlardan biri Ilhomga to‘pponcha o‘qtaladi, u esa Dilshodbek bilan ikki qavat oynasidan tashqariga sakrashadi. O‘tkinchilar tez yordam chaqirganlariga qadar ular bir muddat yerda yotishadi. Jabrlanuvchilarga tos suyagi, umurtqa, qo‘l sinishi, shuningdek miya chayqalishi tashhislari qo‘yildi.

    Nashrning qayd etishicha, oynadan sakragan migrantlar poytaxt muzeylarida restavratsiya ishlari bilan shug‘ullanishgan. Ular Moskva politexnika muzeyi taklifi bilan Rossiyaga kelishgan.

    Rossiya IIV Moskva viloyat Bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrovaning so‘zlariga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari tergov tekshiruvini olib bormoqda. «Politsiyachilar aybi aniqlangan taqdirda, ular salbiq motivlar bo‘yicha ichki ishlar organlari safidan bo‘shatiladi va qonunchilikka muvofiq jazoga tortiladi. Bundan tashqari, ularning bevosita rahbarlari ham javobgarlikka tortiladi», — deya ishonch bildirdi boshqarma vakili.

    O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xodimlari fuqarolik kiyimidagi politsiyachilar ishtirokidagi hodisadan so‘ng Balashixadagi shifoxonaga tashrif buyurib, vatandoshlar bilan uchrashgan. Diplomatlar vaziyatni nazoratga olgan va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi bilan birgalikda yurtdoshlarni davolatish uchun to‘lovni amalga oshirish masalasini hal qilmoqda.

    Ayni vaqda, «Ozodlik» xabariga ko‘ra, jabrlanuvchilarga bosim o‘tkazilmoqda. Shifoxonada hujum uyushtirgan politsiyachilar va jinoiy qidiruvning boshqa xodimlari ularning oldiga kelib, oynadan o‘zlari sakraganini yozib berishlarini talab qilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Rossiyada politsiyachilar o‘zbekistonliklarni ayovsiz kaltakladi